O‘zbekiston | 14:00 / 02.08.2019
9498
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasidagi bayonnoma kuchga kirdi

Foto: Vadim Savitskiy

2019 yilning 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi va Lyuksemburg Buyuk Gersogligi o‘rtasida Ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish va daromad va kapitaldan olinadigan soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etish to‘g‘risidagi konvensiyaga (1997 yil 2 iyul) O‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma (2017 yil centyabr oyida Lyuksemburg shahrida imzolangan) kuchga kirdi.

TIV xabariga ko‘ra, yangi hujjat soliqqa oid ma'lumotlar bilan almashishni xalqaro standartlarga mos holda olib borish va ikki tomonlama soliqqa tortish to‘g‘risidagi shartnoma shartlarini suiiste'mol qilishning oldini olish imkonini beradi. 

Bu soliqqa tortiladigan bazani yo‘q qilish va foydani soliqqa tortishdan yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan harakatlar rejasining asosiy bandlaridan biri hisoblanadi.

Bayonnomaning 6-moddasiga binoan hujjatning qoidalari 2020 yil 1 yanvardan to‘lanadigan soliqlarga nisbatan qo‘llanila boshlaydi.

Mavzuga oid