Jamiyat | 10:54 / 06.08.2019
37007
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda brakonerlar Qizil kitobga kiritilgan jayronlarni otib o‘ldirdi

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

2019 yil 3 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Ekologik nazorat inspektorlari tomonidan Taxtako‘pir tumani hududida amalga oshirilgan navbatdagi reyd davomida brakonerlarning qonunga xilof ravishda jayron ovlab, qaytayotgani aniqlandi.

Taxtako‘pir tumani «Qoӊyratkөl» OFYda fuqarolar M.D., T.M., A.J. hamda Q.Q. boshqaruvidagi UAZ-469 markali avtotransport tegishli tartibda to‘xtatildi. Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi xodimlari tomonidan avtotransport tekshirilganda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 3 bosh otib o‘ldirilgan jayron, ov quroli borligi aniqlandi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Tekshirish davomida fuqaro Q.Q. ga tegishli bo‘lgan IJ-58 2x12 kalibrli № R-05351-son ov quroli, projyektor, o‘q va o‘q qatorlar, 3 bosh jayron ashyoviy dalil sifatida olindi.

Huquqbuzar shaxslar tomonidan hayvonot dunyosi obektlaridan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish sohasidagi qonunchilik talablari buzilgan bo‘lib, hozirda tabiatga yetkazilgan zarar va jarima miqdori aniqlanmoqda.

Tekshirish yakunlari to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlar qo‘shimcha e'lon qilinadi, deyiladi qo‘mita xabarida.

Mavzuga oid