Qoraqalpoğistonda Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, yöqolib borayotgan noyob tur hisoblangan 13 boş jayron (kiyik) ovlangani haqida xabar berilgan edi.

Tabiat resurslari vazirligining ma’lum qilişiça, brakonerlardan 16 kalibrli bir stvolli bir dona ov miltiği, jami 35 dona, şundan 16 dona otilmagan va 19 dona işlatilgan ov miltiği öqlari hamda 13 boş otib nobud qilingan jayronlar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatda Özbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida”gi hamda “Ov qiliş va ovçilik xöjaligi töğrisida”gi qonunlarning tegişli moddalari talablari qöpol ravişda buzilgan.

Qonunni buzgan fuqarolar J.Ye. va M.I.ga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qaroriga asosan hayvonot dunyosiga yetkazilgan 195 mln sömlik zarar miqdori hisoblangan.

Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi tomonidan fuqarolar J.Ye. va M.I.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 202-moddasi 3-qismi (Hayvonot yoki ösimlik dunyosidan foydalaniş tartibini buziş) tegişli bandlari va 248-moddasi 1-qismi (Öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat işi qözğatildi.