Hurzada Reymqulova Qoraqalpoğistonning olis Taxtaköpir tumanida tuğilgan. Qiz bola bölişiga qaramay, yoşligidan harbiy, içki işlar organlari sohasiga qiziqqan. U hozirda Taxiatoş tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimida xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektor lavozimida işlaydi. Podpolkovnik unvoniga ega.

Hurzada Reymqulova IIV akademiyasidan bir emas, ikki emas, naq 5 marta yiqilgan. Şunga qaramay, maqsadiga yetişiş yölida ortga çekinmadi. Sohaga qiziqişi sabab, u bu yillar mobaynida IIV akademiyasida oddiy farroş bölib işladi. Yaşaş va öqişga tayyorgarlik uçun pul yetmagani sabab tungi soat 22:00 dan keyin maktablarning polini yuvişiga ham töğri keldi.
«Sohaga qiziqiş şu darajada böldiki, hatto akademiyada farroşlik qildim. Bu xizmatim uçun oyiga 17 ming söm olardim. Taxtaköpirdan, onamdan oyiga faqat 10 ming söm kelardi. 27 ming söm Toşkentda yaşaşga yetmasdi. Şundan keyin yonimdagi dugonam bilan qöşimça iş topişga qaror qildik. Tungi soat 22:00 dan keyin maktablarning polini yuvardik. Bu işimiz uçun oyiga 5 ming sömgina olardik. Şunday qilib, bir oyda 32 ming pul bilan Toşkentda yaşaganmiz. Bu pullarning 7 ming sömini ijaraga, qolganini oziq-ovqat uçun işlatardik», — deydi u.

Hurzada tengqurlari orasida turli xil gap-sözlar qaytanga unga kuç berganini, akademiyadan yiqilgan yillari qişloğidagi sinfdoşlari aytgan kamsitişlar motivatsiya berganini aytadi. Har doim örnidan turişga bir voqea sabab bölganini ta’kidlaydi.
«Qişloğimizdagi qöşni yigitning aytgan gaplari haliyam esimdan çiqmaydi. Akademiyaga qanday qizlar topşiradi?! Hoy, akademiyaga topşirmoqçi ekan qizlar, degan sözlarni eşitganman. Şu paytda, albatta, şu sohaga kiraman, deb maqsad qöyganman. Vaqti kelib öşa yigit bilan uçraşib qolganmiz. U hozir mendan qattiq uyaladi. Işi tuşib kelgan vaqtlari ham böldi. Baribir men ularga rahmat aytaman. Agarda öşa vaqtda şu aytgan kamsitişlari bölmaganda edi, men bu darajaga erişa olmasdim», — deya eslaydi qahramonimiz.



















