Jahon | 23:22 / 06.08.2019
10587
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada issiqlik sababli bir hafta ichida 57 kishi vafot etdi

Yaponiyada o‘tgan hafta davomida issiq urishdan kamida 57 kishi vafot etdi, deyarli 20 ming kishi shifoxonaga tushdi. Bu haqda Yaponiyaning favqulodda vaziyatlar vazirligi va tez yordam xizmati vazifalarini bajaruvchi o‘t o‘chirish bosh boshqarmasi xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, o‘tgan hafta butun Yaponiya bo‘ylab kuchli issiq harorat kuzatilgan, ba'zi hududlarda u 39 darajaga yetgan.

Vafot etganlardan aksariyati keksa odamlar bo‘lib, ular tejamkorlik maqsadida uylarida konditsionerlarni yoqmaydilar. Mamlakat mutasaddi idoralari aholini bosh kiyimlari kiyib yurish, ko‘proq suyuqlik ichish va quyoshda uzoq vaqt qolmaslikka chaqirgan. 

2018 yilda Yaponiyada rekord darajadagi issiq harorat sababli 150 dan ko‘proq odam vafot etgandi, o‘n minglab odam shifoxonaga tushgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid