Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jeenbekov milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari iste'fosini qabul qilmadi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari O‘rozbek Opumbayev iste'fosini qabul qilmadi. Bu haqda Jeenbekov parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishida ma'lum qildi.
Jeenbekovning ta'kidlashicha, Opumbayev haqiqatan uning yoniga iste'foga chiqish haqidagi ariza bilan kelgan. Biroq bu ariza qabul qilinmagan.
Avvalroq Opumbayev sobiq prezident Almazbek Atamboyevning ushlanishi bilan bog‘liq mamlakatda vaziyat keskinlashgani ortida iste'foga ketishga tayyorligini aytgan.
7 avgustda mamlakat maxsus xizmatlari Atamboyevni Qo‘y-Tosh qishlog‘ida qo‘lga olishga urinishni amalga oshirgan. Biroq sobiq prezidentning qishloqdagi qarorgohi shturmi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Atamboyev tarafdorlari maxsus kuchlarni sobiq prezident uyiga qo‘yishmagan. Shundan keyin to‘qnashuvlar boshlanib, kamida 50 kishi jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan. Maxsus xizmatlarning 27 xodimi jabrlangan.
“Almazbek Atamboyevning harakatlari qonun doirasidan tashqariga chiqib ketdi. Ba'zi odamlar yaralandi, bir maxsus jangchi halok bo‘ldi. Shubhasiz, uning hayoti har qanday boylikdan ustundir. Men halok bo‘lganning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Yaqinda uning onasi bilan gaplashgandim. Mening yuragim ham azobda. Maxsus jangchi oxirigacha faqat rezina o‘q qo‘llagan. Biz qon to‘kilishini istamagandik. Bugun O‘rozbek Opumbayev iste'foga chiqmoqchiligini aytdi. Men uni qabul qilmadim. Chunki bunday murakkab vaqtda ketish – qilish mumkin bo‘lgan eng oson ishdir. Vaziyat barqarorlashgach, biz kuch tuzilmalarining javobgarligini ko‘rib chiqish masalasiga yana qaytamiz”, deb aytgan Jeenbekov.
Mavzuga oid
19:00 / 11.02.2022
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Jeenbekovning qudasi hibsga olindi
21:10 / 12.08.2021
Sooronbay Jeenbekov milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilindi
19:14 / 02.03.2021
Qirg‘izistonda sobiq prezidentning qudasiga qarshi jinoyat ishi ochildi
15:20 / 17.10.2020