Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda odam savdosida ayblangan milliarder o‘z joniga qasd qildi
Foto: AP
Amerikalik milliarder Jyeffri Epshteyn Nyu-Yorkdagi turma kamerasida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda The New York Times nashri xabar qildi.
Iyulda 66 yoshli Epshteynga 14 yoshli qizlarni sotish ayblovi e'lon qilingan. Guvohlar u 2002 yildan 2005 yilgacha o‘zining ma'shuqalarini yangi qizlarni olib kelishga majbur qilganini ma'lum qilishgan. Ba'zi jabrlanuvchilar 14 yosh yoki undan ham yoshroq bo‘lgan.
Umumiy hisobda milliarderga 45 yillik qamoq jazosi xavf solgandi. U o‘z aybini tan olmagan.
Epshteyn o‘z faoliyatini Bear Stearns investitsiya bankida boshlab, keyinchalik o‘zining J. Epstein & Co firmasiga asos solgan. Ko‘plab g‘arb nashrlari uni milliarder deb atashgan, biroq Forbes’ning xabar qilishicha, u Epshteynni hech qachon milliarderlar ro‘yxatiga kiritmagan.
Mavzuga oid
19:09 / 13.02.2026
Davlatlararo vositachi: Epshteyn ishidagi siyosiy detallar
15:06 / 10.02.2026
Ishinger: Epshteyn ishida Rossiya izi bo‘lsa, hayron bo‘lmayman
14:10 / 09.02.2026
Norvegiyalik diplomat Epshteyn bilan bog‘liqlik sabab ishdan ketdi
10:06 / 09.02.2026