Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada "yadroviy urush mashinasi" deb nomlangan tank topildi
Rostov oblastining Kamensk-Shaxtinsk shahrida "yadroviy urush mashinasi" deb nomlangan "Ladoga" tanki topildi, deb xabar berdi "Rossiyskaya gazeta".
Nashrning ma'lumot berishicha, bu modeldagi mashinadan atigi besh dona chiqarilgan. Ularni shuningdek, "og‘ir limuzin" deb ham atashgan, chunki ular SSSR oliy harbiy-siyosiy rahbariyati tomonidan qo‘mondonlik-shtab mashinasi sifatida foydalanishga mo‘ljallangandi. Ichiga olti kishi sig‘adigan, og‘irligi 42 tonna bo‘lgan bu tank ommaviy qirg‘in qurolidan ishonchli himoya hisoblangan.
Tank kuchli ventilyatsiya qurilmasi, qo‘shimcha havo ballonlari va konditsioner, o‘sha davrning eng zamonaviy aloqa va kuzatuv tizimlari, telekameralar hamda tashqi muhitni nazorat qilish qurilmalari bilan jihozlangan.
It's good to know that at least one VZTS Ladoga,
— Artem Beliakov (@skylancer7441) August 10, 2019
T-80-based vehicle protected agains NBC treats, unusually comfortable (for a soviet vehicle) at least for 4 passengers (btw one of those was used at Chernobyl)
still exiss, tho somewhat battered
more pics https://t.co/tEQftS76jg https://t.co/5NV6L9cazw pic.twitter.com/EBu6lP8ckL
Dastlabki tank 1980-yillarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, unga 1100 ot kuchiga teng GTD-1000TF gaz turbinali dvigateli o‘rnatilgan, keyinroq unga yanada kuchli GTD-1250 dvigateli qo‘yilgan.
Tank shosseda soatiga 70 kilometrgacha tezlikda harakatlangan.