Özbekistonda ötkazilgan MSITF-2025 mudofaa texnologiyalari festivalida T-64B sovet tankining modernizatsiya qilingan versiyasi namoyiş etildi. Bu haqda Rossiyaning «Strategiya va texnologiyalarni tahlil qiliş markazi» xabar berdi.
Markaz fikriga köra, tank Janubiy Koreya kompaniyalari kömagida modernizatsiya qilingan bölişi mumkin. Tankning bazaviy T-64B tankidan asosiy farqi yangi kompozit zirh va 950 ot kuçiga ega Doosan DP222LC dvigateli ekani ta’kidlanmoqda.


Yangi dvigatel avvalgi 700 ot kuçiga ega 5TDF dvigateli örniga örnatilgan. Tank şuningdek, avtomatik transmissiyani ham oldi. Oğirligi 40 tonna bölgan maşina 65 km/s tezlikda harakatlanadi.
Asosiy T-64B sovet tanki 1976 yildan boşlab işlab çiqarilgan. Maşina 125 mm kalibrli 2A46M-2 silliq nayli puşka va pulemyotlar bilan qurollangan. Tankning himoyasi pölat va şişa tolali köp qatlamli zirh bilan ta’minlanadi.

















