Jahon | 23:41 / 14.08.2019
35661
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada Su-22 samolyoti urib tushirildi

Foto :Ibaa News Agency/AP

Suriyaning Hama va Idlib viloyatlari chegarasida Suriya harbiy-havo kuchlariga qarashli Su-22samolyoti urib tushirildi. Bu haqda i24 News nashri xabar berdi.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy samolyot terrorchilar pozitsiyalarini bombardimon qilish vaqtida “Tahrir ash-Shom” terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan urib tushirilgan.

Ta'kidlanishicha, samolyot uchuvchisi katapulta qilishga ulgurgan, biroq asirga olingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid