O‘zbekiston | 11:34 / 14.08.2019
3066
2 daqiqa o‘qiladi

YUNISEF O‘zbekiston uchun maxsus dastur ishlab chiqadi

Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati

Joriy yil 13 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistondagi BMTning bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) delegatsiyasi bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularning reproduktiv salomatligi, huquqiy savodxonligini oshirish, salbiy hodisalarning zararli ta'siridan ularni himoya qilish bo‘yicha ikki tomonlama  hamkorlik masalalari muhokama etildi. Bu jarayonda oila, maktabgacha ta'lim, ta'lim muassasalari muhim rol o‘ynashi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va YUNISEF vakolatxonasi o‘rtasida 2016 yil 15 aprel kuni imzolangan mamlakatga oid dastur hozirgi vaqtda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi. Dastur BMTning 2016-2020 yillarda rivojlantirish maqsadida ko‘maklashish hadli dasturini (YuNDAF) hisobga olib ishlab chiqilgan. YUNISEF vakolatxonasi 2014-2018 yillarda “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta'limni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun Ta'lim bo‘yicha global hamkorlikning 49,9 mln. AQSh dollari miqdoridagi beg‘araz texnik ko‘magini jalb qilishda respublikaga ko‘maklashdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga, jumladan bolalar va o‘smirlarda reproduktiv salomatlik to‘g‘risida eng zarur ko‘nikmalar yaratish bo‘yicha O‘zbekiston uchun maxsus dastur ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid