Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Auksion orqali yer olib beraman deb firibgarlik qilgan shaxs ushlandi
Illyustrativ foto
2018 yil 19 iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tuman IIO FMBga hujjatlar to‘plami tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ularga ko‘ra, shu yil yanvar va aprel oylarida Shayxontohur tumani Bog‘ ko‘chasida yashovchi 38 yoshli B.V. Bobodehqon MFYda yashovchi 23 yoshli B.I. va shu MFYda yashovchi 53 yoshli M.T.larga Yunusobod tumani 14-dahada joylashgan yer maydonini auksion orqali olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan B.I.dan 1 150 AQSh dollarini hamda M.T.dan 2 000 AQSh dollarini olib bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.V. ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:17 / 23.01.2026
10 ta tuxum, 3 ta banan va minglab qurbon: PGM “to‘ri” ko‘plab o‘zbekistonliklarni o‘z domiga tortdi
16:30 / 22.01.2026
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
09:10 / 22.01.2026
Onlayn firibgarlikka qarshi yangi talablar: bank kartalarida 24/7 aloqa raqami bo‘ladi
12:14 / 21.01.2026