O‘zbekiston | 10:59 / 15.08.2019
7447
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkmanistonga boradi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 16 avgust kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi.

Abdulaziz Komilov ikki mamlakat tashqi ishlar idoralari rahbarlari darajasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid