QQS yuqoriligi mahalliy investorlarga to‘siq bo‘layotgani aytildi
Bugun, 16 avgust kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida «Investitsiyalarga to‘siq bo‘layotgan omillar: to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari yo‘lidagi institutsional cheklovlar» mavzusida anjuman o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi va bir qancha mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
Anjumanda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Durbek Ahmedov respublikaning oltita hududida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari xususida gapirdi.
«Ilmiy-tadqiqot markazimiz Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridagi investitsion muhitni o‘rganib chiqdi. Asosiy maqsad mahalliy va xorijiy investorlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash, tahlil qilish va tizimli hal qilishdir. 200dan ortiq mahalliy tadbirkorlar bilan suhbatlar olib bordik. Ma'lum qilinishicha, quyidagi masalalar ularning faoliyatiga xalaqit bermoqda:
· og‘ir soliq yuki va yuqori QQS miqdori;
· biznes muhitining beqarorlashuvi: huquqiy hujjatlarning jadal o‘zgaruvchanligi;
· ortiqcha byurokratik to‘siqlar;
· infrastrukturaviy muammolar: ichimlik suvi, gaz, elektr toki ta'minoti, kanalizatsiyaning yo‘qligi;
· moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish;
· mahalliy hokimiyatlarning sust harakati.
Mavzuga oid
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:16 / 31.10.2024