O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni kamaytirdi
2019 yilning yanvar-iyul oylarida respublika korxonalari tomonidan 175,3 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 6,8 %ni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi kamaydi - 0,6 foizga. 2018 yilning shu davrida 657,1 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 595,1 ming tonna.
Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi - 6,3 foiz. 2018 yilda 650,6 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda 626,4 ming tonna.
Portlandsement hajmida o‘sish kuzatildi - 17,6 foiz (2018 yilning shu davrida 4590,7 ming tonna, 2019 yilda - 5399,5).
Bundan tashqari, O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqarish hajmi 33,1 foizga kamaydi. 2018 yilning shu davrida - 2406 dona, 2019 yilda - 797.
Mavzuga oid
11:48 / 28.09.2024
O‘zbekistonda AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi
23:05 / 27.09.2024
Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
09:24 / 27.09.2024
O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga kuniga 10 ming donadan oshiq telefon olib kirilgani ma’lum qilindi
17:45 / 25.09.2024