Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda bayramlar ro‘yxati kengaydi: endi olma va uzum bayrami nishonlanadi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Uzum bayrami va Olma bayramini e'lon qilish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda «Aziya-Plyus» xabar bermoqda.
Unga muvofiq, Uzum bayrami har yili avgust oyining uchinchi shanba kuni, Olma bayrami sentabr oyining uchinchi shanba kuni bo‘lib o‘tadi, deya xabar tarqatgan davlat rahbari matbuot xizmati.
«Vazirliklar, idoralar, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati davlat hokimiyati ijroiya organlari, viloyatlar, Dushanbe shahri, shahar va tumanlar ushbu bayramlar bilan bog‘liq tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazishni ta'minlasin», - deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Tojikistonning turli shahar va tumanlarida qovun va asal bayramlari o‘tkazilgan. Tojikiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Dushanbe shahar hokimligi bilan birgalikda joriy yil birinchi marta 25 avgust kuni «Mehrgon» savdo markazida Qovoq bayramini o‘tkazadi.
Mavzuga oid
21:20 / 20.05.2026
O‘zbekistonda 27 may – Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi
08:53 / 06.03.2026
8 mart munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
09:46 / 21.02.2026
2026 yilda ayrim bayramlar dam olish kunlariga to‘g‘ri keladi: xodimlar necha kun dam oladi?
08:53 / 04.02.2026