Sankt-Peterburg şahrida har yili ötkaziladigan “Alvon yelkanlar” (“Alyye parusa”) bayrami odatda Rossiyaning özidagi maktab bitiruvçilari uçun möljallangan tadbir sifatida tanilgan. Biroq 2025 yilda bu bayram doirasida Özbekistondan ham, xususan Samarqand viloyatidan maktab öquvçilarini taklif qiliş masalasi kun tartibiga qöyilgan.
Rossiya tomoni yöllagan rasmiy taklif xatiga köra, Samarqand viloyatidan 9-11-sinf öquvçilaridan iborat delegatsiya 2025 yil 28 iyun kuni bölib ötadigan bayramda iştirok etişi közda tutilgan.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bu taklifni viloyat va şahar hokimliklariga yetkazar ekan, iştirokçilar röyxatini şakllantirişda muhim tavsiyani ham alohida belgilab ötgan: ta’limda yuqori natija körsatib kelayotgan, milliy va xalqaro fan olimpiadalarida ğolib yoki faol iştirok etgan öquvçilarga ustuvorlik beriş lozim.
Şundan keyin Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi bu safar masalasida Özbekiston Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga murojaat yöllab, Rossiya tomoni taklif etgan kvota doirasida 14 nafar yuqori sinf öquvçisi va 1 nafar mas’ul xodim röyxatini şakllantiriş uçun rozilik söragan. Hujjatlarda vazirlik roziligi olingan taqdirda, iştirokçilar röyxati viloyat hokimligiga taqdim etilişi belgilangan.


Telegram'dagi Samarqand_LIVE kanalining yozişiça, iştirokçilar röyxatida Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi rahbari Muzaffar Hamdamovning 2014 yilda tuğilgan öğli va 2011 yilda tuğilgan jiyani ham bölgan. Şuningdek, boşqarmaning ayrim bölimlari rahbarlari va mas’ul xodimlarining farzandlari ham mazkur safarda iştirok etgani aytilmoqda.

Manbaga köra, bu öquvçilarning birortasi xalqaro fan olimpiadalarida iştirok etmagan, hatto ayrimlari tuman yoki şahar bosqiçida ham qatnaşmagan.
“Dastlabki suriştiruvimizga köra, hatto ayrim öquvçilarning davomati past bölib, maktabda yaxşi öqimaydigan taniş-biliş va qarindoş bolalar yuborilgan”, – deb yozadi Samarqand_LIVE.
Viloyat maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holatga munosabat bildirdi. Unga












