Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslar uchun uzcardtrade.uz elektron yarmarkasi
Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi elektron tijorat sohasidagi hamkorlar bilan birgalikda Uzcard korporativ kartalaridan foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun Uzcardtrade.uz savdo platformasini ishga tushirdi.
Uzcardtrade.uz ishga tushishi bilan korporativ kartadan foydalanuvchi yuridik shaxslar haftaning barcha kunlari 24 soat davomida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bu esa boshqa to‘lov turlariga nisbatan sezilarli ustunlik hisoblanadi.
Ushbu elektron platforma O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 avgustdagi 249-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va xaridorlar tomonidan «Narxni so‘rash» va «Raqobatli xaridlar» kabi xarid usullaridan foydalanish mumkin bo‘lgan elektron yarmarka hisoblanadi.
Elektron platformaning asosiy afzalligi hujjatlardan elektron shaklda foydalanish bo‘lib, bunda ishonchnoma, hisobvaraq-faktura va cheklar elektron ko‘rinishda shakllanadi va ishtirokchilarning elektron raqamli imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar Faktura.uz kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
Elektron yarmarka ishtirokchilarining ijro intizomini oshirish maqsadida tizimda tuzilgan shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilishini kafolatlaydigan mexanizm ham joriy etilgan. Xususan, shartnoma tuzilganidan so‘ng sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat) uchun to‘lov mablag‘lari korporativ kartada muzlatiladi va faqatgina sotuvchi tomonidan tovarning yetkazib berilishi va qolgan majburiyatlar bajarilishi bilan sotuvchining hisobiga o‘tkaziladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:21 / 23.04.2026
Qarzdorning kartasidan avtomatik pul yechilganda kamida 1,2 mln so‘m qolishi shart bo‘ldi
15:53 / 10.10.2025
Bank kartasi bloklanganda nima qilish kerak?
18:02 / 30.06.2025
Uzcard Express bank xizmatlaridan foydalanishni osonlashtiradi
19:14 / 28.10.2024