Jamiyat | 18:33 / 20.08.2019
21621
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Agrobank»: Mijozlar murojaatlari diqqat markazimizda

Agrobank aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi Mamatqulov Rustam O‘ktamovich tomonidan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvlardan asosiy maqsad aholi hamda bank mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish, bank xizmatlari iste'molchilarini sifatli va tezkor bank xizmatlari bilan ta'minlash, kichik biznes xamda tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati davomida duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Sayyor uchrashuvda 60 nafardan ortiq tadbirkorlik sub'yektlarining murojaatlari ko‘rib chiqildi. 

Ta'kidlash joizki, hanuzgacha chekka hududlarda yashovchi yurtimiz aholisi banklar tomonidan joriy qilinayotgan zamonaviy bank xizmatlari, kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari, jumladan eksportyor korxonalarga tijorat banklari tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar haqida yetarli ma'lumotlarga ega emas. Shuning uchun ham ular ayrim muammolarga duch kelmoqda. O‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar, ochiq muloqotlar esa albatta tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirib, faoliyati doirasida duch kelayotgan muammolarni yechishda o‘z samarasini beradi.

«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning formati nafaqat tadbirkorlar bilan ochiq muloqot, balki joylarga chiqib muammolarni o‘rganish, tadbirkorlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishgan holda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatishni ham nazarda tutadi.

«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki rahbariyati tomonidan tadbirkorlar va aholi ishtirokida yuzma-yuz o‘tkazilgan sayyor qabulda qator muammolar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish va vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli bank mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi. Bank mutasaddilari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sayyor uchrashuvlar respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: @agrobank_uz

Facebook: fb.com/agrobankuzbekistan

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid