Anjumanda mas’ullar tomonidan ta’kidlanişiça, globallaşuv va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanişi natijasida elektron tölovlar, masofaviy bank xizmatlari va raqamli platformalardan foydalaniş tobora ortib bormoqda. Bu esa aholi uçun qulaylik yaratayotgani bilan birga, turli kiberhujumlar va firibgarlik usullarining ham kengayişiga zamin yaratmoqda.

Mutaxassislarning qayd etişiça, sönggi yillarda fişing, zararli dasturlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etiladigan firibgarlik holatlari köpayib bormoqda. Bu esa bank tizimi va huquqni muhofaza qiluvçi organlardan tizimli yondaşuv hamda yaqin hamkorlikni talab etmoqda.

Anjuman doirasida «Agrobank» ATB, Içki işlar vazirligi va «Kiberxavfsizlik markazi» DUK örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Uşbu kelişuv kiberjinoyatlarni aniqlaş, oldini oliş va ularga tezkor çora köriş, şuningdek bank mijozlarining şaxsiy ma’lumotlari hamda mablağlarini himoya qilişga qaratilgan.

Şu bilan birga, tomonlar özaro axborot almaşinuvini kuçaytiriş, kiberxavfsizlik sohasida profilaktik tadbirlar ötkaziş hamda aholi örtasida raqamli savodxonlikni oşiriş böyiça kelişib oldi.

Tadbir yakunida jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mutasaddilar fikriça, kiberxavfsizlik faqat texnik sohaning emas, balki jamiyatning barça qatlamlari iştirokini talab etuvçi dolzarb yönalişdir.

Reklama huquqi asosida