Agrobank tomonidan qişloq xöjaligida suvdan oqilona foydalanişga bağişlangan “Suv kitob” töplami naşr etildi. Bu töplam fermerlar, dehqonlar va agrar mutaxassislar uçun suvni tejaş, har tomçisini samara bilan boşqarişga oid eng zarur bilimlarni öz içiga olgan. Ilm va amaliyot uyğunligida yaratilgan qöllanmalar töplami — suvning haqiqiy qiymatini anglaşga çorlaydi.

“Suv tekin emas!” — bu endi şior emas, amaliy qöllanma bölib, 30 ta qöllanmadan iborat “Suv kitob” töplami Xitoy va Turkiyaning ilğor tajribasi asosida, 50 nafar mahalliy mutaxassis va muhandislar iştirokida tayyorlangan. Ularda suv tejamkor texnologiyalar, irrigatsiya tizimlari va zamonaviy yeçimlar haqida aniq, lönda va amaliyotga mos ma’lumotlar berilgan.

Mazkur metodik töplam Agrobank, Suv xöjaligi vazirligi va “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida yaratildi.

Bu töplam “Agrobooks” loyihasining navbatdagi bosqiçidir. Ilgari uşbu loyiha doirasida Turkiya tajribasi asosida “100 kitob töplami” va “Ösimliklar himoyasi” böyiça 40 ta metodik qöllanma tayyorlanib, mamlakat böylab bepul tarqatilgan. Faqat yutuqlarga emas, bilimga ham suyanayotgan qişloq xöjaligi bugun yangi bosqiçga çiqmoqda.

Qöllanmalarni yaratişda 120 dan ortiq mutaxassislar, olimlar, agroinjyenerlar va öqituvçilar iştirok etdi. Agrobank qoşidagi ilmiy guruh har bir tavsiyani amaliyot bilan uyğunlaştirdi. Çop etiş xarajatlari töliq bank tomonidan moliyalaştirildi — bilim, haqiqatan ham, qimmatli sarmoya ekanini körsatdi.

“Suv kitob” töplami yil oxiriga qadar yurtimizdagi barça fermer va dehqonlarga bepul tarqatiladi. Elektron, audio va video şakllarda ham taqdim etiladi. Bu faqat kitob emas — har bir dehqonning qölidagi suvni baxtga aylantiruvçi yöl xaritasidir.