Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyevning hamqishloqlari Qirg‘iziston prezidentiga murojaat bilan chiqdi
7-8 avgust kunlari Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning tarafdorlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan Arashan va Qo‘y-Tosh qishloqlari aholisi mamlakat prezidentiga murojaat bilan chiqdi.
"Hozirda bizning farzandlarimizni ta'qib qilishmoqda, ularga tahdid qilishyapti, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishyapti", - deyiladi murojaatda.
Unda qayd etilishicha, Atamboyevni qishloqdoshlari "vijdon amri bilan" himoya qilishgan.
"7 avgust kuni Atamboyevning hovlisida bizning farzandlarimizga hech qanday ogohlantirishlarsiz niqobli maxsus kuchlar hujum qilgan, barchani, jumladan qariyalar va ayollarni do‘pposlay boshlashgan. Qonunda fuqarolar jumladan maxsus kuchlarning noqonuniy harakatlaridan o‘zlarini himoya qilish huquqiga egaligi aytilgan. Va biz bu huquqdan foydalandik", - deyiladi murojaatda.
Murojaatda qayd etilishicha, "fojiali voqealarda har ikki tomon aybdor. Maxsus kuchlar va militsiyani mutlaqo keraksiz va jinoiy operatsiyaga yo‘llaganlarning javobgarligi haqidagi masala esa kun tartibidan umuman o‘rin olmagan".
7-8 avgust kunlari Qo‘y-Tosh qishlog‘ida Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya qattiq qarshilikka uchradi. Atamboyev ertasi kuni taslim bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
12:51 / 15.12.2025