O‘zbekiston | 14:40 / 21.08.2019
16058
4 daqiqa o‘qiladi

Yangi hisoblagichlar elektr kuchlanishining keskin o‘zgarishlariga chidamlimi?

Elektr tokini hisoblash bo‘yicha yangi hisoblagichlarni iste'molchilarga o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning sifati, o‘lchash aniqligi xususida turli fikrlar bildirilmoqda. O‘zbekistonda elektr uzatish tarmoqlari eskirganini qayd etdingiz. Kun.uz muxbiri Energetika vazirligi bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ayni masalaga doir savol bilan mutasaddilarga murojaat qildi. 

-  O‘zbekistonda elektr uzatish tarmoqlari eskirganini qayd etdingiz. Balki, shuning sababidandir, kuchlanish bir xil berilmaydi. Kuchlanishning qisqa fursatga keskin ko‘tarilishi yoki pasayishi ham tez-tez qayd etiladi. Yangi «aqlli» deb aytilayotgan elektr hisoblagichlar kuchlanishdagi bunday o‘zgarishlarga qanchalik chidamli?

«Bu bizlarni eng ko‘p o‘ylantiradigan savol bo‘ldi. Bizlarga hamma yetakchi (ekspertlar) ±20 foiz deb taklif berdi. Nominal kuchlanishdan ±20 foiz kuchlanish qo‘yaylik, shunda aniqlik darajasi to‘g‘ri bo‘lsin. Biz, “±20 foiz katta ko‘rsatkich, ammo ming afsus, tarmoqlarimizda unday emas. Biz 20 foiz bilan chegara olmaymiz, 30 foiz qo‘yinglar”, dedik. Ular bu hisoblagich narxi qimmatlashishini aytishdi. Biz esa, 20 foiz qo‘yib, hisoblagich noto‘g‘ri o‘lchasa, iste'molchilar shikoyat qilishini bildirdik. Aslida, noto‘g‘ri hisoblash kuchlanish kam bo‘lganida ijtimoiy tarmoqlarda ta'kidlanayotganidek, bizning foydamizga emas, ko‘p hollarda, zararimizga bo‘ladi. Shuning uchun kuchlanish o‘zgarishi 30 foiz qo‘yilgan. Bu minimal talab», - dedi Energetika vaziri o‘rinbosari.

Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, hisoblagichning kuchlanishning qisqa muddatli ko‘tarilishi yoki keskin tushib ketishiga chiday olishiga doir talablar ham mavjud. 

«Bundan tashqari, hisoblagichlarning kuchlanishning qisqa muddatli oshib yoki tushib ketishiga chiday olishiga doir boshqa talablari ham bor. U qisqa muddatli kuchlanish o‘zgarishiga bardosh berishi va yonib ketmasligi kerak. Biz ishlab chiqaruvchiga talab qo‘yganmiz, bizning aybimiz bilan bo‘lsa-da, hisoblagich kuchlanishning qisqa o‘zgarishlariga bardosh bermay, yonib ketsa, hisoblagichni almashtirib beradi», - dedi Sherzod Xo‘jayev.

Sherzod Xo‘jayev

U, shuningdek, hisoblagichlar necha voltda aniq ishlaganiga ham oydinlik kiritdi. 

«Hisoblagichlarni stendga qo‘yganimizda 100-110 volt kuchlanishda ham belgilangan aniqlik darajasida ishladi. Bunga e'tiroz yo‘q. Lekin biz hisoblagichlar uchun ±50 foiz desak, o‘zimizning vazifamizni yengillatib qo‘ygan bo‘lardik. Aslida, ±20 foiz ham noto‘g‘ri holat-da. Chunki, hisoblagich kuchlanish o‘zgarishiga chidadi, degani, iste'molchining uyidagi maishiy texnikalar chidadi, degani emas-ku. Biz bu holatda tarmoqlarimizni modernizatsiya qilish vazifasini qo‘ya olmas edik», - dedi vazir o‘rinbosari. 

Mavzuga oid