Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada Trampga Grenlandiyani sotib olish o‘rniga Alyaskani sotish taklif qilindi
Daniya monarxlari spikeri Lene Ballebyu Donald Trampning Daniyaga tashrifi qoldirilishini “kutilmagan holat” deb atadi.
“Bu kutilmagan holat bo‘ldi. Bizda bu masala bo‘yicha boshqa gap yo‘q”, deb aytgan Ballebyu.
Avvalroq Tramp Daniya bosh vazirining Grenlandiya sotilmasligi haqidagi gaplaridan keyin Daniyaga safarini keyinga qoldirgandi.
Bir qator daniyalik siyosatchilar Trampning Grenlandiyani sotib olish haqidagi gaplaridan keyin uning tashrifini umuman bekor qilish kerak, deb hisoblashmoqda. Ular Trampga Daniya hududlarini sotib olish o‘rniga AQSh tarkibiga XIX asrda kirgan Alyaska yarimorolini sotishni taklif qilishgan.
Ma'lum qilinishicha, Tramp Grenlandiyani yiliga 600 mln dollardan ijaraga olishga tayyor bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, Tramp Daniya bosh vaziri Mette Fredriksen Grenlandiya sotilmasligini qanday yo‘sinda gapirganidan norozilik bildirgan.
“Bu rad etishning chiroyli usuli bo‘lmadi”, deb aytgan Tramp.
Trampning aytishicha, Fredriksen Grenlandiyaning sotib olinishi rejasini “bema'ni” deb atab “yoqimsiz” yo‘l tutgan. AQSh prezidentining fikricha, Daniya bosh vaziri uning taklifiga shunchaki rad javobini bersa ham bo‘lardi.
Shu sababli, Tramp Daniyaga sentabr boshiga belgilangan safarini bekor qilishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
09:35 / 19.05.2026
Tramp Grenlandiyani egallash rejasidan voz kechmagan
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
09:30 / 10.04.2026
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
22:10 / 31.03.2026