Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va AQSh Isroilning Eronga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatladi - OAV
Isroil Rossiya va AQSh rozilik bergandan keyin oxirgi haftalarda Eronning Iroqdagi bazalariga uchta zarba berdi. Bu haqda Asharq al-Awsat arab nashriga iqtibos keltirgan holda Jerusalem Post xabar berdi.
Moskva va Vashingtonda Isroil shu tariqa o‘z xavfsizligini ta'minlamoqda, deb hisoblashmoqda. AQSh va Rossiyaning fikricha, Isroil Eronning Suriyadagi va Iroqdagi harakatlarini kuzatishda davom etishi va yahudiy davlatiga xavf soluvchi nishonlar, misol uchun, yuqori aniqlikdagi va uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa majmualariga yangi zarbalar berishi lozim.
20 avgustda Isroil Bag‘doddan 80 km uzoqlikdagi Balad aviabazasidagi Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi shialar kuchlari omboriga zarba berdi. Natijada obektda saqlangan 50 taga yaqin raketa yo‘q qilingan. Avvalroq Isroil Bag‘doddan janubda joylashgan yana bir o‘q-dori omboriga zarba bergandi. O‘shanda bir kishi halok bo‘lgan, 13 kishi yaralangan.
The Jerusalem Post Isroil Eronning Iroq va Suriyada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligidan bir necha marotaba ogohlantirganini eslatib o‘tgan. Isroil qurollangan lashkarlarning Iroqdagi omborlariga havodan zarba berayotganini rad etmayapti.
Eron 2016 yildan beri IShIDga qarshi kurashuvchi iroqlik lashkarlarni moliyalashtiradi va ta'minlab keladi.
Eron-Iroq urushidan (1980-1988 yillar) keyin ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarang bo‘lib qolmoqda. Eron Iroqdagi shia lashkarlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Iroq va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar ham AQSh hokimiyatni ag‘darish uchun Iroqqa bostirib kirgandan beri mojaroli bo‘lib qolmoqda. Eron ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqishda ayblanib, unga qarshi kurashishga urinilmoqda. Rossiya esa Suriyadagi vaziyatni tartibga solish masalasida Isroil bilan hamkorlik qiladi hamda Eron va Isroil o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini aytib keladi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:35 / 18.06.2026