Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva farzand tarbiyasini zavqli sayohatga o‘xshatdi
Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida o‘g‘liga bag‘ishlab post va surat qoldirdi.
Suratdan ko‘rish mumkinki, uning o‘g‘li Miromon Tursunov fortepiano bo‘yicha «Improvizatsiya ustasi» yo‘nalishida g‘oliblik diplomini qo‘lga kiritgan.
«Miromon, bolajonim mening
Uning har bir yutug‘i mening kichik g‘alabamdir!
Farzand tarbiyasini zahmatli, biroq juda zavqli sayohatga o‘xshataman. Bir umrlik sayohatga. Men bolalarim uchun birinchi navbatda ishonchli do‘st bo‘lishga harakat qilaman. Ularni qanday ko‘rishni istasam, o‘zim ham shunday, ularga namuna bo‘lishga intilaman!
Orzum o‘g‘limni musiqaga oshno qilish edi, buni ro‘yobga chiqarish uchun 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana fortepiano qarshisiga o‘tirishimga to‘g‘ri keldi», - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid
23:03 / 02.06.2026
Saida Mirziyoyeva madaniyat va san’at sohasi rivoji uchun mo‘ljallangan farmonni olqishladi
10:39 / 02.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Xalqaro tashkilotlardagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston nufuzini oshirmoqda
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026