«Lasetti»ga yashirilgan 60 million so‘mlik uyali telefonlar fosh etildi
Sifati kafolatlanmagan maishiy texnika buyumlarini mamlakatimiz chegaralaridan noqonuniy tarzda olib o‘tishga urinayotgan kimsalarga qarshi bojxonachilar tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod” bojxona postidagi navbatdagi ustomonlik bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Ya'ni fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi belgilangan tartibda xolislar ishtirokida endoskop nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinaning jihozlari orasiga ustomonlik bilan yashirilgan umumiy summasi salkam 60 million so‘mlik 49 dona uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:33 / 29.08.2024
Moskva aeroportida radioaktiv haykalchani olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik to‘xtatildi
18:13 / 22.08.2024
Toshkent aeroportida pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:57 / 14.08.2024