Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi avtobus urib ketishi oqibatida vafot etdi
23 avgustga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Turkiston viloyati Yepkendi posyolkasidan o‘tuvchi Turkiston – Chimkent avtotrassasida O‘zbekiston fuqarosi E.A. avtobus urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga tayanib O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va Qozog‘istonning Turkiston viloyati huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, deyiladi xabarda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-727-291-11-78 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024