Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Siti» ishonchli g‘alabaga erishdi va «Liverpul»ni ta'qib qilishda davom etdi
APLda 3-tur o‘yinlari davom etmoqda.
Amaldagi chempion «Manchester Siti» mehmonda «Bornmut»ni 3:1 hisobida yengdi. Serxio Aguero ikkita, Rahim Sterling bitta golga mualliflik qildi. «Bornmut»ning yagona golini Harri Uilson jarimadan urdi.
«Siti» safida 400-o‘yinida maydonga tushgan David Silva o‘yinda ikkita golga assistentlik qildi. Kevin De Bryuyne esa Premer-Ligadagi 50-assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yib, bunday natijaga eng tez erishgan futbolchiga aylandi.
Bu g‘alabadan keyin «Manchester Siti» ochkolari sonini 7taga yetkazdi va Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida «Liverpul»dan keyingi ikkinchi o‘ringa joylashdi. «Bornmut» 4 ochkosi bilan 10-o‘rinda qoldi.
Angliya chempionati
3-tur
Bornmut – Manchester Siti 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 15 Aguero, 0:2 – 43 Sterling, 1:2 – 45 Uilson, 1:3 – 64 Aguero.
Bornmut – Remsdeyl, Deniels (Uilson, 37), Mifem, Kuk, Smit (Ayb, 68), Freyzer, Lerma, Billing, Ake, Uilson (Solanke, 69), King.
Manchester Siti – Ederson, Zinchenko, Laport, Otamendi, Uoker (Joau Kanselu, 90), Silva, de Bryuyne, Bernardu Silva (Mahrez, 79), Gundo‘g‘an (Rodri Ernandes, 58), Sterling, Aguero.
Ogohlantirishlar: Uoker (10), Ederson (13), Lerma (56), Otamendi (90).
Mavzuga oid
11:59 / 28.12.2025
APLda poyga qizimoqda. Kun o‘yinlari
11:04 / 21.12.2025
Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi, Holand yangiladi. Kun o‘yinlari
14:40 / 15.12.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, brazillar Alonsoni qutqardi
11:57 / 11.12.2025