Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentning ko‘rsatmasiga muvofiq Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish ko‘zda tutilgan. Simmetrik tarzda ikkita masjid va to‘rtta minora qurish, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon, uning atrofida kichik mehmonxonalar va bitta yirik otel, boshqa infratuzilma obektlarini bunyod etish rejalashtirilgan.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari bugun majmuani ziyorat qilib, uni rekonstruksiya qilishga oid takliflar bilan tanishdi.
- Bu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib bo‘lishi kerak. Masjidlar keng va mahobatli bo‘lishi lozim. Devorlarga sahih hadislardan lavhlar yozib qo‘yilsa, majmuaning mazmuni yanada boyiydi, yoshlarga bilim, ma'naviy ozuqa beradi. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida shu yer. Bu maskanga qancha ziyoratchilar kelsayam, qulay sharoit bo‘lishi zarur, - dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev majmua rekonstruksiyasini shoshmasdan, chuqur o‘ylab loyihalashtirish, xorij tajribasini o‘rganib, ziyoratchilarga yanada ko‘p qulaylik yaratish zarurligini ta'kidladi.
Majmuadagi ishlar mamlakatda ilm-ma'rifatni rivojlantirish, dinga e'tiqod qiluvchilarga erkinlik va sharoit yaratish borasida navbatdagi xayrli qadam bo‘ladi.




Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026