Prezidentning körsatmasiga muvofiq Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qiliş va kengaytiriş közda tutilgan. Simmetrik tarzda ikkita masjid va törtta minora quriş, yöldan kirib kelişda xiyobon, uning atrofida kiçik mehmonxonalar va bitta yirik otel, boşqa infratuzilma obektlarini bunyod etiş rejalaştirilgan.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari bugun majmuani ziyorat qilib, uni rekonstruksiya qilişga oid takliflar bilan tanişdi.
- Bu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib bölişi kerak. Masjidlar keng va mahobatli bölişi lozim. Devorlarga sahih hadislardan lavhlar yozib qöyilsa, majmuaning mazmuni yanada boyiydi, yoşlarga bilim, ma'naviy ozuqa beradi. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida şu yer. Bu maskanga qança ziyoratçilar kelsayam, qulay şaroit bölişi zarur, - dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev majmua rekonstruksiyasini şoşmasdan, çuqur öylab loyihalaştiriş, xorij tajribasini örganib, ziyoratçilarga yanada köp qulaylik yaratiş zarurligini ta'kidladi.
Majmuadagi işlar mamlakatda ilm-ma'rifatni rivojlantiriş, dinga e'tiqod qiluvçilarga erkinlik va şaroit yaratiş borasida navbatdagi xayrli qadam böladi.















