Xitoy AQShga qarshi javob choralari qabul qilish bilan tahdid qildi
Agarda AQSh Xitoy mahsulotlariga bojlarni oshirsa, Pekin ham javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risidagi tahdidlari Osakadagi G20 sammitida o‘tkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar shartlarini buzadi. Gen Shuan Xitoyni qo‘rqitish ish bermasligini ta'kidladi.
AQSh Xitoyning 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga 1 sentyabrda va 15 dekabrda 10 foizlik boj kiritmoqchi. Xitoy bunga javoban AQShning besh mingdan ortiq nomdagi 75 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj joriy etdi.
Shundan so‘ng Tramp yangi bojlar 10 emas, 15 foizga oshirilishini e'lon qildi. Bunga qo‘shimcha ravishda 1 oktyabrdan 250 mlrd dollarlik mahsulotlarga boj 25 foizdan 30 foizga ko‘tariladi.
Mavzuga oid
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
15:16 / 05.10.2024
Putin administratsiyasidan AQShga qochgan mulozim
11:10 / 05.10.2024
AQSh Yamandagi husiychilar nishonlariga raketa zarbalari berdi
09:50 / 05.10.2024