Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat va san'at muassasalarida vasiylik kengashlari tashkil etiladi
Ular to‘g‘risidagi namunaviy nizom Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan, deb yozmoqda Norma.
Vasiylik kengashi – bu madaniyat va san'at muassasalarining vazifalari va muammolarini hal etishga jamoatchilikni jalb etish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etishda ularga ko‘maklashish, pulli xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan jamoatchilik-maslahat organi.
Ushbu holda teatrlar, sirklar, filarmoniyalar, konsert tashkilotlari (professional ijodiy jamoalar, musiqa jamoalari, ansambllar va shu kabilar), madaniy-ma'rifiy muassasalar (madaniyat markazlari, muzeylar, badiiy galereyalar (ko‘rgazmalar), ko‘rgazma zallari), idoraviy mansubligidan qat'i nazar moddiy madaniy meros obektlari va arxitektura yodgorliklari xususida so‘z boryapti.
Vasiylik kengashi tarkibi muassasaning rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Unga davlat tashkilotlari, NNT, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar vakillari, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslar kirishi mumkin. Madaniyat va san'at muassasasi rahbari kengash a'zosi bo‘lishi mumkin emas.
Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi, jamoatchilik asosida ish ko‘radi, barcha a'zolarining ixtiyoriy ishtirok etishi va teng huquqliligi prinsiplari asosida tashkil etiladi. Kengashning son tarkibi (agar uning nizomida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa) reglamentlashtirilmaydi, tarkibi va rahbariyatdagi o‘zgarishlar, qoidaga ko‘ra, bir yilda bir marta o‘tkaziladi.
Kengash majlislari zaruratga ko‘ra, biroq yarim yilda kamida 1 marta o‘tkaziladi va uning a'zolarining kamida 2/3 qismi hozir bo‘lsa, u huquqiy vakolatli bo‘ladi (kvorum). Qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, mablag‘lar tushumi va xarajatlarning yillik moliyaviy rejasini tasdiqlash masalalari bo‘yicha esa - hozir bo‘lgan a'zolarining 2/3 qismining ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda - raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Majlis bayonnomalarining elektron versiyalari madaniyat va san'at muassasasining saytida e'lon qilinadi.
Vasiylik kengashi bir yilda kamida bir marta muassasa rahbarining qabul qilingan qarorlar ijrosi holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitadi. Jalb etilgan mablag‘lar va boshqa ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun moliyaviy nazoratning vakolatli organi - moliyaviy taftishchi yoki nazorat-taftish komissiyasi tashkil etadi.
Hujjat 17.08.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026