Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Hindiston qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligida O‘zbekiston-Hindiston qo‘mitasining ikki tomonlama loyihalarni amaliy bajarilishini muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha o‘zbek tomonining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev, qo‘mita tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek vazirlikning mas'ul xodimlari va Andijon viloyati hokimligi vakillari ishtirok etdilar.
Qo‘mita yig‘ilishi Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan har bir loyiha bo‘yicha muammolarni batafsil tahlil qilishga bag‘ishlandi. Alohida ravishda "Andijon-Farm" erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, investitsiya loyihalari va savdo aloqalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishish, o‘zaro savdo hajmini oshirish yo‘lidagi to‘siqlarni hisobga olgan holda Hindiston bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv natijasida har bir loyiha va hindistonlik sheriklar bilan kelishuv bo‘yicha rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun o‘z vaqtida bajarilishi kerak bo‘lgan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026