Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana ikkita xalqaro hujjatni ratifikatsiya qildi
Foto: iStock
Prezident tomonidan 2019 yil 27 avgustda imzolangan qonunlar bilan Xalqaro mehnat tashkilotining quyidagi ikkita Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.
Ular:
Qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli Konvensiya (Jyeneva, 1969 yil 25 iyun);
Sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 81-sonli Konvensiya (Jyeneva, 1947 yil 11 iyul).
XMTning 129-sonli konvensiyasida qayd etilgan qishloq xo‘jaligidagi mehnat inspeksiyasi tizimi, mehnatkashlarni yollaydigan yoki shogirdlik usulida jalb qiladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari, ularning ishchi xodimlarga haq to‘lanishi, shartnoma turi, shakli va davomiyligi qanday bo‘lishidan qat'i nazar, qo‘llaniladi.
XMTning 81-sonli konvensiyasi, Sanoat ish joylaridagi mehnat inspeksiyasi tizimi qo‘llanilishi mehnat inspektorlari tomonidan ta'minlanadigan mehnat sharoitlariga doir va ish jarayonida mehnatkashlarni muhofaza qilishga oid qonun-qoidalar qo‘llaniladigan barcha ish joylarini qamrab oladi.
Mavzuga oid
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:15 / 08.12.2025