Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda avstraliyalik yozuvchi josuslikda ayblanib qo‘lga olindi
Yan Xenszyun / Foto: AP
Xitoy hukumati Avstraliya fuqarosi, yozuvchi Yan Xenszyunga nisbatan josuslik qilish bo‘yicha rasman ayblov e'lon qildi.
"Pekin davlat xavfsizlik boshqarmasi 23 avgust kuni Avstraliya fuqarosi Yan Xenszyunni josuslikda gumon qilib qo‘lga oldi. Hozirda bu ish yuridik protseduraga muvofiq ko‘rib chiqilmoqda", - dedi Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan.
U Avstraliyani Xitoyning ishlariga aralashmaslikka chaqirdi.
"Xitoy Avstraliya TIV rahbarining bu boradagi bayonotini qoralaydi. Ta'kidlab o‘taman, Xitoy qonun ustuvorligi amal qiladigan mamlakat. Avstraliya XXRning yuridik suverenitetini hurmat qilishi va ishga har qanday shaklda aralashishni bas qilishi lozim", - dedi Gen Shuan.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026