Jahon | 08:55 / 28.08.2019
7206
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yaponiyaga 3,3 mlrd dollarlik 73 ta raketa sotilishini ma'qulladi

Foto: REUTERS

AQSh ma'muriyati Yaponiyaga umumiy qiymati 3,3 mlrd dollarni tashkil qiluvchi SM-3 Block-IIA raketalarga qarshi raketalarni sotish qarorini qabul qildi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining mudofaa hamkorligi va xavfsizligi boshqarmasi DSCA (Defense Security Cooperation Agency) ma'lum qildi. Ushbu boshqarma hukumatlararo shartnomalar bo‘yicha xorijga harbiy texnika va qurol sotilishi uchun mas'ul hisoblanadi. 

73 ta raketa, MK 29 pusk qurilmalari hamda qo‘shimcha qurilmalarni sotishga ruxsat berilgan. 

DSCA nuqtai nazaridan, ushbu shartnomaning bajarilishi AQShning tashqi siyosati va milliy xavfsizligi manfaatlariga javob beradi. U, shuningdek, “Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi muhim ittifoqdosh davlat xavfsizligini oshiradi”.    

AQSh ma'muriyati kongressni ushbu qarori haqida xabardor qilgan. Endi kongressda harbiy shartnomani o‘rganib chiqib, uni ma'qullash yoki to‘sish uchun 30 kun vaqt bor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid