Jamiyat | 11:03 / 28.08.2019
9873
2 daqiqa o‘qiladi

Bemor bola uchun yig‘ilgan pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Shutterstock

2019 yil 19 iyul kuni Navoiy shahrida Gulbog‘ ko‘chasida yashovchi 48 yoshli J.P. ismli ayol IIBga murojaat qilgandi.

U shu yil 3 iyuldan 4 iyulga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs 12 yoshli qizi G.A.ning sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam kerakligi to‘g‘risida “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “Bemor bolajon” kanaliga bergan e'loni bilan tanishib +99890-362-- telefon raqamidan J.P.ga qo‘ng‘iroq qilib, qizining sog‘lig‘ini tiklash uchun o‘z hisobidan pul mablag‘larini xayriya qilmoqchiligini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirganini va undan plastik kartasi maxfiy kodini olib kartasidan 6 090 300 so‘m pulini yechib olganligini ma'lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar A.Navoiy ko‘chasida yashovchi 20 yoshli B.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid