2019 yil 19 iyul kuni Navoiy şahrida Gulboğ köçasida yaşovçi 48 yoşli J.P. ismli ayol IIBga murojaat qilgandi.
U şu yil 3 iyuldan 4 iyulga qadar bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxs 12 yoşli qizi G.A.ning soğliğini tiklaş uçun moddiy yordam kerakligi töğrisida “Telegram” ijtimoiy tarmoğidagi “Bemor bolajon” kanaliga bergan e'loni bilan tanişib +99890-362-- telefon raqamidan J.P.ga qönğiroq qilib, qizining soğliğini tiklaş uçun öz hisobidan pul mablağlarini xayriya qilmoqçiligini aytib, aldov yöli bilan işonçiga kirganini va undan plastik kartasi maxfiy kodini olib kartasidan 6 090 300 söm pulini yeçib olganligini ma'lum qilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabarida aytilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Farğona viloyati Qöqon şahar A.Navoiy köçasida yaşovçi 20 yoşli B.M. sodir etganligi aniqlanib, uşlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.












