Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda rejadagi yig‘inni boshladi, deb xabar beradi O‘FA sayti.
Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilar ilk mashg‘ulotini «Jar» stadionining zaxira maydonida o‘tkazishdi.
Bu yig‘in orqali milliy jamoa sentabr oyida boshlanadigan JCh-2022 saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 5 sentabr kuni futbolchilarimiz safarda Falastinga qarshi maydonga tushishi lozim.
Ilk mashg‘ulotda asosan milliy chempionatimizdan to‘p tepayotgan futbolchilar ishtirok etishdi. Legionerlardan faqar Sanjar Shoahmedov yetib keldi. Qolgan futbolchilar yaqin orada milliy jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilishadi.
Futbolchilar 3 sentyabrga qadar Toshkentda shug‘ullanishadi. 29 avgust kungi mashg‘ulotlar «Chig‘atoy» bazasida soat 20:00da o‘tkaziladi.








Mavzuga oid
21:06 / 25.04.2026
2 mln dollar – JCh-2026 finaliga chiptalar astronomik narxlarda sotilmoqda
09:22 / 01.04.2026
O‘zbekistonning JChdagi uchinchi guruhdoshi ham aniq bo‘ldi
02:23 / 31.03.2026
Husanov eng yaxshi bo‘ldi. O‘zbekiston – Venesuela o‘yinidan fotoreportaj
22:56 / 30.03.2026