Jamiyat | 17:46 / 29.08.2019
4895
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda ta'lim xodimlarining an'anaviy avgust kengashi bo‘lib o‘tdi

Andijon shahridagi “Yoshlar markazi” majmuasida viloyat xalq ta'limi xodimlarining “Ta'limda islohot-o‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik!” mavzusidagi mashvarati bo‘lib o‘tdi.

 Kengash yig‘ilishida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

 Tadbirda so‘z olganlar umumiy o‘rta ta'lim tizimida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, yangi o‘quv yilida xalq ta'limi tizimi xodimlari oldida turgan muammolar va dolzarb vazifalar haqida fikrlashdilar.

 Majlis davomida xalq ta'limi sohasini rivojlantirishdagi samarali mehnatlari uchun viloyat xalq ta'limi tizimidagi bir qator ta'lim xodimlari viloyat hokimining faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bu yil yangi ish boshlayotgan bir guruh yosh o‘qituvchilar faxriy ustozlar va hamkasblari oldida ustoz nomini oqlashga va'da berishdi.                                                                                 

Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid