Jamiyat | 15:41 / 29.08.2019
23114
2 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda topildi

Foto: Pixabay

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 2019 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston fuqarosi G‘.P. og‘ir ahvolda topilganligi va 33-sonli shahar kasalxonasiga yotqizilganligi to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi. 

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, shifokorlar bemorni ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida oyoqning travmatik amputatsiyasini qayd etishdi.

Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli va reanimatsiya bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Sankt-Peterburg shahrining huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tibbiyot muassasasi bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Mavzuga oid