Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasi 2019 yil 26 avgust kuni Özbekiston fuqarosi Ğ.P. oğir ahvolda topilganligi va 33-sonli şahar kasalxonasiga yotqizilganligi töğrisida OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.
Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, şifokorlar bemorni körikdan ötkaziş çoğida oyoqning travmatik amputatsiyasini qayd etişdi.
Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli va reanimatsiya bölimidan travmatologiya bölimiga ötkazilgan.
Boş konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Sankt-Peterburg şahrining huquqni muhofaza qiluvçi organlari va tibbiyot muassasasi bilan aloqada bölib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatişiça, Rossiyaning Şimoli-ğarbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg şahri, Vologda oblasti) hududida joylaşgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkin: +7-965-029-41-49.












