O‘zbekiston | 19:54 / 29.08.2019
81620
2 daqiqa o‘qiladi

Yesemurat Kanyazov yangi lavozimga tayinlandi

Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi PQ–4428-son qaroriga asosan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati rasman xabar berdi.

U O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019 yil 29 avgustdagi 552-sht-son buyrug‘i bilan  Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yesemurat Kanyazov 2005-2011 yillarda – Adliya vaziri o‘rinbosari, 2011 yilning iyunidan Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlangach vazir o‘rinbosari lavozimidan ketgan, 2017 yilning aprelida yana Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagandi.

23 avgust kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor vaqtida Kanyazov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimidan olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid