Toşkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Ayni vaqtda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va jamiyatda öqituvçi mavqeyini oşiriş yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yiğilişi ötkazilmoqda va yiğiliş davomida davlat rahbari Yesemurat Kanyazov işdan olinganini ma'lum qildi.

«Oltin voha» kanalida yozilişiça, prezident videoselektor davomida oliy ta'limdan noroziligini aytgan: «Men mutlaqo oliy ta'limdan noroziman... Rektorlarda talab yöq, saviya yöq. Eng katta poraxörlik qayerda? Yuridik, Moliya, Iqtisodiyot universitetlarida... Tizimda tartib yöq, intizom yöq...».

Ma'lumot uçun, Yesemurat Kanyazov 2005-2011 yillarda – Adliya vaziri örinbosari, 2011 yilning iyunidan Adliya vazirining birinçi örinbosari bölib işlagan, 2013 yilda Toşkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlangaç vazir örinbosari lavozimidan ketgandi. Ammo u 2017 yilning aprelida yana Adliya vaziri örinbosari lavozimini egallagandi.

Ayni vaqtda Kanyazovning vazirlikdagi lavozimi taqdiri böyiça ma'lumot yöq.