Toşkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov özining asosiy lavozimidan taşqari yana bir işga ega böldi – u endilikda adliya vaziri örinbosari vazifasini bajaradi. Bu haqdagi farmon Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Şu bilan birga, Kanyazov 2013 yilning iyulida yuridik universitetiga rahbarlik qiliş uçun vazir örinbosari lavozimini tark etgandi.
Yesemurat Kanyazov Qoraqalpoğistondan bölib, 1993 yilda Moskva davlat avtomobil yöllari institutini, 1999 yilda esa – Qoraqalpoq davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
1996-1999 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligida maslahatçi, katta maslahatçi, bölim boşliği bölib işlagan bölsa, 1999-2001 yillarda – Özbekiston Adliya vazirligida yetakçi maslahatçi, boş maslahatçi, bölim boşliği lavozimlarini egallagan.
2001-2005 yillarda Adliya vazirligining iqtisodiy qonunçilik boşqarmasi boşliği sifatida işlagan, 2005-2011 yillarda – vazir örinbosari, 2011 yilning iyunidan esa – Özbekiston Adliya vazirining birinçi örinbosari sifatida mehnat qilgan.

















