Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy jamoa Ahmedov va Shomurodovsiz mashg‘ulot o‘tkazdi
Ektor Kuper murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Yig‘inga chaqirilgan futbolchilarning ko‘pchiligi mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
Legionerlardan hozircha faqat Sanjar Shoahmedov milliy jamoa ixtiyorida, qolgan legioner futbolchilar endi milliy jamoa mashg‘ulotiga qo‘shiladi. Ichki chempionatda o‘ynaydigan futbolchilar orasida Aziz G‘aniyev ilk marta Kuper tomonidan milliy jamoaga chaqirildi.
Jarohatidan tiklanib, yana yaxshi formaga qaytgan Aziz mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatdi. Hozirda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Odil Ahmedov ertadan milliy jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.





Mavzuga oid
20:21 / 21.03.2026
FIFA Nigeriya e’tirozini rad etdi – Kongo DR O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olish uchun kurashadi
18:59 / 21.03.2026
Osiyo Kubogi-2031 ko‘chirildi – O‘zbekiston uni o‘tkazishga da’vogar edi
18:01 / 04.03.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 paytidagi qarorgohini tanladi
21:30 / 03.03.2026