Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda «Damas» va «Isuzu» to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Foto: Pixabay
2019 yil 29 avgust kuni soat 17:30larda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani “Navro‘z” MFYda yashagan 52 yoshli A.A.boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini “Tegirmon” MFY hududidan o‘tuvchi “Uchqo‘rg‘on-Xaqulobod” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, so‘ng u shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Andijon viloyatida yashovchi 24 yoshli S.M. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi A.A. jarohat olib voqea joyida, uning ikki nafar yo‘lovchilari esa kasalxonaga olib kelinganida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026