Jahon | 07:54 / 30.08.2019
16947
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Polshaga safarini bekor qildi

Foto: AP Photo/Carolyn Kaster

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh sohillariga yaqinlashayotgan “Dorian” dovuli sababli hafta oxiriga belgilangan Polshaga safarini bekor qildi.

Avvalroq Tramp Polshaga 31 avgust-2 sentabr kunlari tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi belgilangandi. AQSh prezidenti u yerda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi kerak edi. 

Ta'kidlanishicha, Tramp Polshaga o‘z o‘rniga vitse-prezident Mayk Pensni yuborishga qaror qilgan.

AQSh prezidenti bu haqda Polsha prezidenti Anjyey Duda bilan telefon orqali gaplashgan.

Atlantikada shakllangan “Dorian” dovuli hozirda Florida tomon yaqinlashmoqda. AQSh tarixidagi eng kuchli dovullardan biri bo‘lishi taxmin qilinayotgan dovul sohilga joriy hafta oxiri yoki keyingi hafta boshida yetib borishi kutilmoqda.

Mavzuga oid