Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning rafiqasi yurtida uning jahldor qiyofadagi haykali o‘rnatildi
AQSh prezidentining rafiqasi Melanya Tramp yurti – Sloveniyada Donald Trampning yog‘och haykali o‘rnatildi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Haykal AQSh birinchi xonimining bolaligi o‘tgan, poytaxt Lyublyanadan 30 km uzoqlikda joylashgan Sevnitsa qishlog‘ida o‘rnatilgan.
Haykalning balandligi 8 metrcha bo‘lib, Tramp unda ko‘k kostyum va qizil galstukda jahldor qiyofada va mushtini yuqoriga ko‘targan holda tasvirlangan.
Haykal mualliflarining aytishicha, “jahldor yog‘och Tramp” “populizmga to‘la zamonaviy dunyoni” ifodalaydi.
Populizm siyosatda keng ommaning his-tuyg‘ulari bilan o‘ynashish, saylovoldi kurashda mashhurlikka erishish maqsadida asossiz va'dalar berish usuli hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:53 / 23.03.2026
Sloveniyada liberallar konservatorlarni minimal ustunlik bilan ortda qoldirdi
09:37 / 03.02.2026
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
10:21 / 21.11.2025
Sloveniyada energetika bo‘yicha O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar rejalashtirilmoqda
23:57 / 01.08.2025